Siz hech o‘zingizdan shunday savol so‘raganmisiz:
“Men o‘rganayotgan narsalar ertaga meni qayerga olib boradi?”
Ko‘pchilik bu savolga javob bera olmaydi. Chunki hayot — tez, tartibsiz va shafqatsiz o‘zgaradi.
Bugun raqobat kuchli.
Bugun sifatli ta’lim juda qimmat — va lekin biz bugun ta’limga har qachingidanda muhtojmiz.
Aynan shuning uchun FreeMoon.uz tug‘ildi.
Birinchi saboq: Vaqt kutmaydi
Agar bilim orttirishga yillar sarflashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — kechikdingiz.
Dunyo tezlashmoqda.
Ish beruvchilar sizni 4 yillik diplom uchun emas, ko‘nikmalar uchun baholamoqda.
FreeMoon — vaqtni qadrlaydiganlar uchun platforma.
Har bir kurs, har bir modul — o‘z natijasini berish uchun ishlab chiqilgan.
O‘z kelajagingizni kutmoqchimisiz?
Yoki uni o‘zingiz yaratasizmi?
Ikkinchi saboq: Bilim — mahsulot emas, strategiya
Bugun bilim oson topiladi: internet, videolar, kitoblar.
Ammo shu bilimdan foydali natija chiqarib, o‘z hayotingizni o‘zgartirish — bu boshqacha san’at.
FreeMoon’da biz bilimni oddiy ma’lumot sifatida emas, strategik qurol sifatida ko‘ramiz.
Sizga kerakli narsani aniq beramiz:
- Ish topish uchun bilim.
- O‘z biznesingizni boshlash uchun ko‘nikma.
- Moliyaviy erkinlik uchun zarur kompetensiya.
Bilimni iste’mol qiladigan emas, bilimni foydalanuvchi inson bo’lishni istaysizmi?
Uchinchi saboq: Moslashuvchanlik — yangi kuch
Kimdir hali ham bitta kasbni 30 yil davom ettirish haqida o‘ylayapti.
Ammo hozir kasblar 3-5 yilda eskiradigan zamonga kirib boryapmiz.
McKinsey tadqiqotlariga ko‘ra, yaqin kelajakda har bir inson hayoti davomida bir necha marta yangi ko‘nikmalar o‘rganishga majbur bo‘ladi.
FreeMoon sizni yangi davrga tayyorlaydi.
Moslashish, o‘rganish va oldinga yurish — biz sizga o‘rgatadigan asosiy ko‘nikmalar.
Siz 5 yildan keyin hali ham o‘sha joyda turishni xohlaysizmi?
Yoki yangi imkoniyatlarga tayyor bo‘lasizmi?
FreeMoon nima uchun boshqacha?
- Amaliy natijaga yo‘naltirilgan kurslar: faqat nazariya emas, real hayotga mos yechimlar.
- Mentorlik va tarmoq: o‘z sohasining ustalari bilan bevosita aloqada bo‘lish imkoniyati.
- Shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi yondashuv: sizni shunchaki o‘qitmaymiz, sizni o‘zgartiramiz.
Bu shunchaki onlayn platforma emas — bu yangi hayot eshigi.
Oliy maqsadimiz
FreeMoon oliy maqsadlaridan biri — O‘zbekiston yoshlari hayotiga ilm nuri olib kirish va har bir orzuning yoniga amaliy harakat qo‘shilishiga yordam berishdir.
Siz har kuni bir qadam oldinga yurishingiz uchun kerakli bilimni taklif qilamiz.
Yakuniy savol
Sizni orzularingizga olib boradigan ko‘prik allaqachon qurilgan.
Faqat bir narsa kerak:
Qadam tashlash.
FreeMoon — bilim bilan o‘z hayotingizni o‘zgartirishga tayyor bo‘lganlar uchun ochilgan eshik.
Siz tayyormisiz?